"Manchester Siti" futbolchisi faoliyatini "Real"da davom ettiradigan bo‘ldi

  • 04.01.2019 22:45
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Real" Madrid klubi "Manchester Siti" xavbeki Braim Diasning transferi borasidagi ishlarni yakunladi.

Goal.com tarqatgan xabarga ko‘ra 19 yoshli ispaniyalik futbolchi “qirollik klubi”ga joriy qishki transferlar davridayoq borib qo‘shiladi. “Shaharliklar” Diasning transferidan 17 mln evro ishlab olishadigan bo‘lishdi. Futbolchining o‘zi esa Madridda yiliga 3,5 mln evro maosh oladi.

Ma’lumot uchun, Dias joriy mavsum “Manchester Siti” safida jami 9ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 2ta gol yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!