
"Manchester Siti" so‘nggi 40 yilda ilk bor qatorasiga ikki mavsum Angliya liga kubogining chorak finaliga chiqdi
Xabaringiz bor “Manchester Siti” kecha Angliya liga kubogining 1/8 final bosqichida “Fulxem”ni 2:0 hisobida engdi va chorak finalga yo‘l oldi.
BBC tarqatgan xabarga ko‘ra “shaharliklar” so‘nggi 40 yilda ilk bor ketma-ket ikki mavsum Angliya liga kubogining chorak finaliga chiqishdi. Eslatib o‘tish lozimki, “siti” o‘tgan mavsum bu musobaqada finalga qadar etib borgan va hal qiluvchi o‘yinda “Arsenal”ni 3:0 hisobida engan edi.
Ta’kidlash lozimki, “Manchester Siti” 1977/78 hamda 1978/79 yilgi mavsumlarda garchi chorak finalga chiqqan bo‘lsada, biroq yarim finalga chiqa olmagan.
Fikrlar