"Manchester Siti" yaponiyalik futbolchi bilan shartnoma imzoladi
Yaponiyaning “Kavasaki Frontale” klubi himoyachisi Ko Itakura “Manchester Siti” futbolchtsiga aylandi.
Berilgan xabarga ko‘ra 21 yoshli yaponiyalik futbolchi “shaharliklar” bilan uzoq yillik shartnoma imzoladi. Biroq, “Siti” uni Gollandiyaning “Groningen” klubiga ijaraga berib yubordi.
Gap shundaki, Itakura endi bir yarim mavsum Gollandiyada o‘ynaydi. Chunki, u ayni damda Britaniya vizasini ola olmaydi.
Ma’lumot uchun, Itakura o‘tgan mavsum Yaponiya chempionatida jami 24ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 3ta gol yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar