
"Manchester Yunayted" Portugaliya chempionatining eng zo‘r futbolchisini o‘z safida ko‘rmoqchi
Lissabonning "Sporting" klubi xavbeki Brunu Fernandesh faoliyatini Angliya premer-ligasida davom ettirishi mumkin.
A Bola nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 24 yoshli portugaliyalik futbolchi "Manchester Yunayted"ning qiziqishlar doirasiga kirib qolgan. “Qizil iblislar” uni yozgi transferlar davrida sotib olishga urunib ko‘rishmoqchi.
Ma’lumot uchun, Fernandesh joriy mavsum “Sporting” safida jami 38ta o‘yinda ishtirok etgan va o‘z hisobiga 21ta gol hamda 9ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilga qadar imzolangan. Transfer narxi esa 30 mln evroga baholanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Fernandesh o‘tgan mavsum Portugaliya chempionatining eng yaxshi futbolchisi deb topilgan edi.
Fikrlar