"Manchester Yunayted" aktsiyalari narxi keskin pastlab ketdi
Angliyaning "Manchester Yunayted" klubi aktsiyalari narxi Nyu-York fond birjasida keskin pastlab ketdi.
Gap shundaki, “qizil iblislar”ning aktsiyalari allaqachon 300 mln funtga pastladi. Biroq bu holat klub xo‘jayinlarini bezovta qilmayapti.
Ta’kidlash lozimki, aktsiyalarning keskin pastlashiga sabab sifatida MYuning premer-liga va Chempionlar ligasida ko‘rsatayotgan qoniqarsiz natijalari tilga olinmoqda. Hozircha ushbu vaziyatdan chiqib ketish ham oson emas.
Mutaxassislarning fikricha “Manchester Yunayted” aktsiyalari yana ko‘tarilishi mumkin, faqatgina buning uchun klubda keskin o‘zgarishlar amalga oshirilishi kerak. Ayniqsa, murabbiylar shtabida.

Fikrlar