
"Manchester Yunayted" so‘nggi 10 yillikdagi eng yaxshi natijasini qayd etdi
Xabaringiz bor kecha "Manchester Yunayted" Angliya premer-ligasining 26-turida safarda "Fulxem"ni 3:0 hisobida engdi.
E’tiborlisi, “qizil iblislar” shu tariqa ketma-ket 6ta safar o‘yinida g‘alaba qozonishdi. Sky Sports tarqatgan xabarga ko‘ra mankuanliklar 2009 yilning may oyidan buyon bunday uzoq g‘alabali seriyani amalga oshirishmagan edi.
Ula Gunner Sulsher boshchiligidagi jamoa bundan avval "Kardiff", "Nyukasl", "Tottenxem", "Arsenal" va "Lester" maydonidan g‘alaba bilan qaytgan edi.
Fikrlar