"Manchester Yunayted" yozda "Borussiya" Dortmundning 18 yoshli futbolchisi uchun 80 mln evro taklif qilmoqchi

  • 16.02.2019 12:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Manchester Yunayted" klubi rahbariyati "Borussiya" Dortmund yarim himoyachisi Jeydon Sanchoning transferi bo‘yicha taklif tayyorlamoqda.

The Sun nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “qizil iblislar” yozda 18 yoshli angliyalik futbolchi uchun dortmundliklarga 80 mln evro taklif qilishmoqchi.

Ma’lumot uchun, Sanjo joriy mavsum “Borussiya” Dortmund safida Bundesligada 21ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 7ta gol hamda 11ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!