"Manchester Yunayted" yozda "Real" etakchilaridan birini sotib olmoqchi

  • 7 fevral, 2019, 09:41
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning "Real" klubi himoyachisi Rafael Varanu "Manchester Yunayted"ning qiziqishlar doirasiga kirib qoldi. Bu haqda The Daily Star nashri xabar bermoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra 25 yoshli frantsiyalik futbolchi “qizil iblislar”ning yozgi transferlardagi asosiy nishoni hisoblanadi.

Eslatib o‘tish lozimki MYu dastlab "Napoli" himoyachisi Kalidu Kulibalini sotib olishni rejalashtirayotgan edi. Ammo, ular endi Varan nomzodiga to‘xtalishmoqda.

Ma’lumot uchun, Varan “Real” safida 2011 yildan buyon himoya qilib kelmoqda. U joriy mavsum 26ta o‘yinda ishtirok etdi va 1ta gol urishga erishdi. Uning madridliklar bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!