
Manchini 36 yoshli hujumchini Italiya terma jamoasiga chaqirdi
"Sampdoriya" klubi forvardi Fabio Kvalyarella Italiya terma jamoasiga chaqirildi. Bu haqda Gazzetta dello Sport nashri xabar bermoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra “skuadra adzurra” bosh murabbiyi Roberto Manchini 36 yoshli hujumchini dushanba kuni bo‘lib o‘tadigan terma jamoa mashg‘ulotiga taklif qilgan. Shu kuni Koverchanodagi qarorgohda Italiya terma jamoasi a’zolari yig‘ilishadi.
Ma’lumot uchun, Kvalyarella joriy mavsum A Seriyada xozircha 20ta o‘yinda maydonga tushib, raqiblari darvozasiga 16ta gol urishga erishdi. U hozircha musobaqa to‘purari bo‘lib turibdi.
Fikrlar