Manchini: Italiya ko‘proq gol urishga haqli edi

  • 11 oktabr, 2018, 05:15
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Manchini Ukrainaga qarshi (1:1) kechgan o‘rtoqlik o‘yinidan keyin o‘z fiklari bilan o‘rtoqlashdi.

“O‘ylashimcha, Italiya bugun ko‘proq gol urishga haqli edi. Biz shuni inobatga olgan holda oldinga harakat qilishda davom etishimiz lozim. Italiya hujumda sovuqqonlik bilan harakat qilishi va imkoniyatlardan foydalanishi kerak. Polshaga qarshi bellashuvga tayyorlanish uchun 4 kun vaqtimiz bor”, – dedi italiyalik mutaxassis.

Millatlar ligasi 4-turi doirasida Italiya terma jamoasi Polshaga qarshi (14 oktyabr) bahs olib borsa, Ukraina o‘z maydonida Chexiyani (16 oktyabr) qabul qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!