"Mangust" jamoasining ikki a’zo Qirg‘izistonda g‘olib bo‘ldi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahrida aralash yakkakurash jang san’atlari (MMA) bo‘yicha "WEF 50 PROFFIGHT 19"  musobaqasi yakunlandi.

"Strong" boks arenasida o‘tgan musobaqada O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikistondan kelgan sportchilar o‘zaro raqobatlashdi.

Unda MMA jangchisi va MMA bo‘yicha mamlakatimizning eng zo‘r murabbiyi Mansur (Mangust) To‘g‘izboevning ikki shogirdlari 71 kgda Umid Sagdulaev va 77 kgda Jahongir Yorkulov mamlakatimiz sharafini himoya qildi.

Nufuzli musobaqada Jahongir qirg‘izistonlik Q.Sama Uluni mag‘lubiyatga uchratgan bo‘lsa, Umid mezbonlar sharafini himoya qilgan I.Omurbekovni engdi.

"Quvondiq Sama Uluga qarshi o‘tadigan bellashuvga jiddiy tayyorgarlik ko‘rgan edim. U asosan qo‘l va oyoqda kuchli zarbalar berishini bilar edim. Shu bois ham murabbiyim Mansur (Mangust) To‘g‘izboev ishlab bergan, o‘zgacha uslubda jang o‘tkazdim va g‘alaba qozondim. Ushbu g‘alabaga erishishimda onajonim va murabbiyalarimning hissasi ekatta. Fursatdan foydalanib, ularga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman", - deydi Jahongir Yorqulov."

Sports.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!