Mangust shogirdalari "WEF PROF FIGHT - 2018" musobaqasida g‘olib bo‘ldi

TIGGO 2 PRO

Qirig‘izistonda aralash jang sana’tlari – MMA bo‘yicha "WEF PROF FIGHT - 2018" musobaqasi o‘tkazildi.

Unda MMA jangchisi va MMA bo‘yicha mamlakatimizning eng zo‘r murabbiyi Mansur (Mangust) To‘g‘izboev boshchiligidagi sportchilarimiz mamlakatimiz sharafini munosib himoya qildi.

Mazkur musobaqaga sportchilarni munosib tayorlash maqsadida Mansur To‘g‘izboev mamlakatimizda sportga qaratilayotgan yuksak e’tibor va keng imkoniyatlardan unumli foydalanib, o‘zining yangi sport arenasida sportchilarni uch oy mobaynida tayyorladi.

photo_2018-10-12_10-47-38

"WEF PROF FIGHT - 2018" musobaqasining 57 kilogramm vazn toifasida Mirolim Mirziyodov 5 raund o‘tgan jangda g‘alaba qozondi va "WEF" kamarini qo‘lga kiritgan bo‘lsa, 70 kilogramm vaznda Ulug‘bek Iramov raqibiga bo‘g‘ish usulini ishlatgan holda g‘alaba qozondi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!