Marca: Navas "Real" bilan shartnomasini uzaytirdi

  • 03.01.2019 21:26
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Madridning "Real" klubi darvozaboni Keylor Navas o‘zining amaldagi shartnomasini 2021 yilga qadar uzaytirdi. Bu haqda Marca nashri xabar bermoqda.

Yangi kelishuvga ko‘ra Navasning yillik maoshi 5 mln evroni tashkil etadi.

Eslatib o‘tish lozimki, bundan avvalroq 32 yoshli kosta-rikalik posbon Tibo Kurtua kelgach zaxiraga mixlanib qolgani uchun boshqa jamoaga o‘tib ketishi haqida xabarlar tarqalgan edi. Unga asosiy da’vogar sifatida Londonning "Arsenal" klubi tilga olinayotgan edi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!