
Marko Fassone "Milan"dan 30 mln evro talab qilmoqda
“Milan” klubining sobiq bosh direktori Marko Fassone “rossonerilar” bilan sudlashishda davom etmoqda.
La Repubblica tarqatgan xabarga ko‘ra sobiq amaldorning advokati mijozining noo‘rin ishdan bo‘shatilgani uchun “Milan”dan 30 mln evro tovon puli talab qilmoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra ushbu kompensatsiya Fassone tomonidan yo‘qotilgan turli zararlarni qoplaydi.
Eslatib o‘tamiz, Fassone “Milan”ni AQShning Elliott Management kompaniyasi sotib olgach iste’foga chiqarilgan edi.
Fikrlar