
Marselo: Krishtianu - dunyoning eng yaxshi futbolchisi, lekin...
"Real" Madrid klubi himoyachisi Marselo Krishtianu Ronalduning ketishi jamoa o‘yiniga ta’sir o‘tkazgani haqida aytib o‘tdi.
“Krishtianu – dunyoning eng yaxshi futbolchisi va tabiiyki uning ketishi jamoa o‘yiniga ta’sir o‘tkazmay qolmadi. Lekin, Garet Beyl va Karim Benzemalar ham yaxshi futbolchilar”, - deydi braziliyalik futbolchi.
Eslatib o‘tamiz, 33 yoshli portugaliyalik futbolchi “Real”dagi 9 yillik faoliyatidan so‘ng joriy yozd “Yuventus”ga ko‘chib o‘tdi.
Fikrlar