
Mashhur aktrisa jahon chempionining turmush qurish taklifini rad qildi
Amerikalik model va aktrisa Pamela Anderson Frantsiya terma jamoasi futbolchisi Adil Rami bilan munosatalariga chek qo‘ydi, deya xabar bermoqda The Mirror nashri.
51 yoshli Anderson Rami turmush qurish taklifiga rad javobini bergan. Juftlik ajrashdi. Anderson va Rami bir yildan ko‘proq vaqt davomida uchrashib yurishdi. Rossiyadagi jahon chempionatda ular g‘oliblikni birga nishonlashgan edi.
Rami Frantsiya terma jamoasi safida jahon chempionligini qo‘lga kiritdi. Frantsuzlar finalda Xorvatiya termasini 4:2 hisobida mag‘lub etishdi.
Fikrlar