"Mash’al" "Qo‘qon-1912" bilan o‘yinga jiddiy hozirlik ko‘rmoqda
"Mash’al" jamoasi oliy liganing 20-turini Muborakda "Navbahor"ga qarshi o‘tkazib g‘alabaga qozongandi.
Endi esa muborakliklar chempionatning navbatdagi turida safarda “Qo‘qon-1912” bilan to‘qnash keladi. Jamoa ayni kunlarda ushbu bahsga jiddiy hozirlik ko‘rmoqda. Mashg‘ulotlar kuniga ikki mahaldan olib borilyapti. Futbolchilarning barchasi a’lo kayfiyatda.
Ma’lumot o‘rnida, "Qo‘qon-1912" – "Mash’al" o‘yini 16 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar