"Mash’al" "Sherdor" va "Sho‘rtan" bilan nazorat o‘yini o‘tkazadi

  • 23.01.2019 17:05
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Yangi mavsumga jiddiy tayyorgarlik ko‘rayotgan “Mash’al” jamoasi bugun o‘zining navbatdagi mashg‘ulotlarini o‘tkazdi.

Muborakda yig‘in o‘tkazayotgan Aleksandr Xomyakov shogirdlari mashg‘ulotlarni asosan jismoniy tayyorgarlikka qaratishgan. Mashg‘ulotlar kuniga ikki mahaldan o‘tkazilmoqda.

Aleksandr Xomyakov bir necha yangi futbolchilarni ham ko‘rikdan o‘tkazishni mo‘ljallagan. Shuningdek bu bosqich mobaynida ikkita nazorat uchrashuvi ham tashkil etiladi. Bular “Sherdor” (27 yanvar), "Sho‘rtan" (1 fevral) jamoalariga qarshi bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!