
Mata "Manchester Yunayted" bilan shartnomasini uzaytiradi
"Manchester Yunayted" klubi yarim himoyachisi Xuan Mata mankuanliklar bilan amaldagi shartnomasini uzaytirishga juda yaqin turibdi.
Mirror nashrining xabar berishicha 30 yoshli ispaniyalik futbolchi MYu bilan 2022 yilgacha tuzilgan kelishuvga imzo chekadi.
Ma’lumot uchun, Mata joriy mavsum “Manchester Yunayted” safida APLda jami 10ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 1ta gol hamda 1ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning “qizil iblislar” bilan amaldagi shartnomasi joriy mavsum yakunida o‘z nihoyasiga etadi.
Fikrlar