
Matyuidi: AQShga qarshi o‘yin JCh–2018 oldidan yaxshi dars bo‘ldi
Frantsiya terma jamoasi yarim himoyachisi Blez Matyuidi AQShga qarshi (1:1) kechgan o‘rtoqlik o‘yinidan keyin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
“Bizga yaxshi tayyorlangan jamoa qarshilik qildi. Ko‘plab vaziyatlar yarata oldik, raqib darvozasiga 16 ta zarba yo‘lladik. Ular esa yarim vaziyatdan foydalandi va juda samarador bo‘ldi.
So‘nggi 30 daqiqada bizga “qotil” instinkti” etishmadi. O‘ylashimcha, AQSh terma jamoasiga qarshi o‘yin JCh–2018 oldidan yaxshi dars bo‘ldi”, – dedi Matyuidi.
Ma’lumot uchun, Frantsiya terma jamoasi JCh–2018 guruh bosqichida Avstraliya (16 iyun, Qozon), Peru (21 iyun, Ekaterinburg) va Daniya (26 iyun, Moskva) termalari bilan kurashadi.
Fikrlar