Mavlud Tifiev navbatdagi nokautni rasmiylashtirdi

CHERY AUTO

O‘zbekistonlik yakkakurashchi Mavlud Tifiev o‘zining navbatdagi g‘alabasini tantana qildi.

Tailandda "MX Muay XTREME" turniri doirasida bo‘lib o‘tgan jangda hamyurtimizga mezbonlar vakili Mibon raqiblik qildi.

Ushbu kechada yana to‘rt jang tashkil etilib, tailandlik mauy tay ustalariga Kolumbiya, Braziliya va Boshka sportchilar raqiblik qilishdi. Mazkur janglar 64, 65, 67 va 75 kg vaznda bo‘lib o‘tdi.

64 kg vazn toifasida ringga chiqqan hamyurtimiz mezbonlar vakili Nanpin bilan bellashib, qiyin kechgan jangni muddatidan oldin yakunlashga erishdi.

Eslatib o‘tamiz, Mavlud oldingi jangini 22 iyul kuni "MX Muay XTREME" turniri doirasida o‘tkazib, tailandlik sportchini jarohat olganiga qaramasdan mag‘lub qilgan edi.

Ma’lumot uchun: Mavlud Tifiev professional muay tay bo‘yicha 2008 hamda 2010 yilda jahon chempionligini qo‘lga kiritgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!