
Mavsumni Ispaniyada boshlagan Batshuayi uni Italiyada yakunlashi mumkin
Rimning "Roma" klubi mavsumni "Valensiya" safida o‘tkazayotgan “Chelsi” hujumchisi Mishi Batshuayi uchun kurashga qo‘shildi. Bu haqda Goal.com xabar bermoqda.
Unga ko‘ra “bo‘rilar” chexiyalik hujumchisi Patrik Shikni "Sampdoriya"ga ijaraga berishib, uning o‘rniga aynan 25 yoshli belgiyalik futbolchini olib kelishmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq “Valensiya” EChLdan chiqib ketgani uchun ortiqcha harajatlardan qochish maqsadida Batshuayini yana “Chelsi”ga qaytarib yuborishi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Ma’lumot uchun, Batshuayi joriy mavsum “ko‘rshapalaklar” safida jami 21ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 3ta gol yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar