Mayk Tayson Nurmagomedov va Makgregor jangida kimni qo‘llab-quvvatlaydi?

  • 07.09.2018 16:51
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Boks bo‘yicha  og‘ir vazn toifasining sobiq jahon chempioni Mayk Tayson rossiyalik yakkakurashchi Xabib Nurmagomedov va irlandiyalik Konor Makgregor o‘rtasida bo‘ladigan jang oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

– Menga Xabib juda yoqadi va bu jangda uni qo‘llab-quvvatlayman, – deya Taysonning so‘zlarini keltiradi RCC Boxing Promotions nashri. – Ammo Makgregor yana bir nechta jang o‘tkazadi deb o‘ylayman. To‘qnashuv har ikki sportchi uchun qiyin kechadi.

Eslatib o‘tamiz, Nurmagomedov va Makgregor o‘rtasidagi qarama-qarshilik UFC 229 turniri doirasida 6 oktyabr kuni Las-Vegasda bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!