Merganlar O‘zbekiston kubogida bahslashmoqda

CHERY AUTO

Navoiy shahrida yoshlar urtasida pnevmatik quroldan o‘q otish bo‘yicha O‘zbekiston kubogining uchinchi bosqichi qizg‘in va murosasiz o‘tmoqda.

– Kubok musobaqalarining barcha bosqichlari bir-biridan qiziqarli tus olayotganiga sabab, g‘oliblarni ta’qib qilayotgan merganlar yanada aniqroq harakat qilayotgan bo‘lsa, etakchilar yakunda o‘z o‘rinlarini saqlab qolishga intilishayotganidir,- deydi musobaqa hakami Sh.Nabiev.

Musobaqalarning dastlabki kuni ishtirokchilar pnevmatik tupponchadan o‘q uzish bo‘yicha kuch sinashdi. Unda namanganlik Muxammad Kamolov 222 ochko jamg‘arib birinchi, Toshkent viloyati sprtchisi Abduraxmon Anarboev 220 ochko bilan ikkinchi, farg‘onalik Shoxjahon Maxmudov 197 ochko bilan uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Qizlar o‘rtasidagi musobaqalarda esa Iroda Azimboeva,Maqsuda Kerimova, Bonu Tilovberdievalari shohsupaga ko‘tarildi.

Respublika texnik va amaliy sport turlari markazi tomonidan o‘tkazilayotgan musobaqalarning navbatdagi kunlarida ishtirokchilar pnevmatik miltiqdan o‘q otish bo‘yicha etakchilik uchun kurashni davom ettirishadi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!