Messi joriy yil "Barselona" safidagi 40-uchrashuvida 40-golini kiritdi

  • 20 sentabr, 2017, 11:35
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor kecha Ispaniya La Ligasining 5-turida “Barselona” o‘z maydonida “Eybar”ni 6:1 hisobida tor-mor keltirdi.

Tecno

Ushbu bahsda kataloniyaliklar etakchisi Lionel Messi o‘z hisobiga 4ta gol yozdirib qo‘yishga erishdi. Qayd etish lozimki, 30 yoshli argentinalik futbolchi shu kuni “ko‘k-anor ranglilar” tarkibida 2017 yil hisobida o‘zining 40-uchrashuvini o‘tkazdi va ushbu bahslarda kiritgan gollari sonini 40taga etkazib oldi.

Eslatib o‘tamiz, Messi joriy mavsum  o‘z hisobiga jami 12ta gol yozdirib qo‘yishga erishdi. Shularning 9tasi La Liga bahslarida, 2tasi Chempionlar ligasida va qolgan 1tasi Ispaniya superkubogida kiritilgan.

Ma’lumot uchun, Messi ayni damda chempionat bahslarida yaqqol to‘purar bo‘lib turibdi (9ta gol). U bu borada eng yaqin ta’qibchisi hisoblangan “Valensiya” hujumchisi Simone Zazani naqd 5ta golga ortda qoldirmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!