
"Metallurg" ustozi: Bugun safardagi eng yaxshi o‘yinimizni o‘tkazdik
"Yaxshi o‘yin bo‘ldi. "Buxoro" jamoasini g‘alaba bilan tabriklayman. Bugun biz ham yomon o‘ynamadik. Joriy yilgi mavsum hisobidan safardagi eng yaxshi o‘yinlarimizdan birini o‘tkazdik, desam xato bo‘lmaydi.
"Buxoro" jamoasi 2 ta ajoyib gol kiritdi. Raqibni g‘alaba bilan tabriklayman. Shogirdlarimga e’tiroz yo‘q. Ular o‘zlariga yuklatilgan ko‘rsatmalarni bajara olishdi", - dedi mutaxassis.
Fikrlar