Meyvezer va Makgregor yana ringda uchrashishga tayyor

  • 5 sentabr, 2018, 16:42
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Kichik Floyd Meyvezerning otasi va murabbiyi katta Meyvezer o‘g‘lining UFC sobiq jahon chempioni Konor Makgregor bilan ikkinchi jang o‘tkazishni rejalashtirayotganini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bo‘lajak jang 2017 yildagi kabi boks qoidalari bo‘yicha o‘tkaziladi.

Tecno

O‘g‘lim va Konor Makgregor urushishga tayyorlanayotgani haqida gapirishmoqda. Shunday shov-shuvli gaplar, – deya katta Meyvezerning so‘zlarini keltiradi Daily Express nashri. – Men aniq bilmayman, ammo menga shunday tuyulmoqda. O‘g‘lim yana urushadiganga o‘xshaydi. O‘ylaymanki, jang yana boks qoidalari bo‘yicha tashkil qilinadi. Makgregor g‘alaba qozonishni istamoqda va bundan keyin umuman bunga qaytmoqchi emas. Xullas, jangga jiddiy qiziqish bildirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Meyvezer va Makgregor o‘rtasida 2017 yil avgustda o‘tkazilgan jang amerikalik bokschining 10-raunddagi texnik nokauti bilan yakunlangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!