"Milan" Braziliya terma jamoasi a’zosi bilan shartnoma imzoladi

  • 4 yanvar, 2019, 23:16
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Braziliyaning “Flamengo” klubi hujumkor yarim himoyachisi Lukas Paketa “Milan” futbolchisiga aylandi.

Tecno

“Rossonerilar” rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra 21 yoshli braziliyalik futbolchi milanliklar bilan 2023 yilga qadar shartnoma imzolagan. Uning transferi esa “Milan”ga 35 mln evroga tushgan.

Ma’lumot uchun, Paketa “Flamengo” safida 2016 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan 2018 yilda Braziliya terma jamoasida debyut qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!