
"Milan" "Chelsi" himoyachisini xarid qiladi
“Chelsi” klubi himoyachisi Andreas Kristensen “Milan”ning asosiy transfer xaridi bo‘lishi kutilmoqda.
“Rossoneri” rahbariyati qishki transferlar mavsumida ushbu futbolchini o‘z tarkibiga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda. Futbolchining o‘zi ham ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishi uchun boshqa jamoa qidirmoqda.
Shunday bo‘lsada, Milan klubi moliyaviy feyr-pley qoidalari bo‘yicha muammolarni bartaraf etishi kerak.
Fikrlar