"Milan" Raboni tekinga qo‘lga kiritmoqchi

  • 23.08.2018 23:39
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

PSJ yarim himoyachisi Adrien Rabio "Milan"ga o‘tishi mumkin. Bu haqda Le10Sport nashri xabar tarqatmoqda.

Unga ko‘ra “rossonerilar” 23 yoshli frantsuzni kelgusi yoz tekinga o‘z safiga qo‘shib olishmoqchi. Boisi, Raboning parijliklar bilan amaldagi shartnmasi anan 2019 yilning yozida o‘z nihoyasiga etadi, futbolchi esa hozircha ushbu kelishuvni uzaytirganicha yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, Raboga shuningdek "Yuventus", "Roma", "Inter" va "Barselona" kabi jamoalar ham jiddiy qiziqish bildirishmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!