"Milan" etakchi futbolchisi bilan shartnomani uzaytirmoqchi
"Milan" klubi yarim himoyachisi Jakomo Bonaventura “rossonerilar” bilan amaldagi shartnomasini uzaytirishi mumkin.
Football Italia nashri tarqatgan xabarga ko‘ra milanliklar 29 yoshli futbolchiga maoshi oshirilgan holda 2022 yilga qadar tuzilgan shartnoma taklif qilishmoqchi.
Ma’lumot uchun, Bonaventuraning “Milan” bilan amaldagi shartnomasi 2020 yilga qadar tuzilgan.

Fikrlar