
“Milan” hujumchisi qo‘l bilan gol urgani uchun jazolanishi mumkin
“Milan” klubi hujumchisi Patrik Kutrone Italiya A Seriyasi 22-turi doirasida “Latsio”ga qarshi bahsdagi xatti-harakatlari sabab, diskvalifikatsiya qilinishi mumkin.
Uchrashuvning 15-daqiqasida Xakan Chalxanoglu to‘pni jarima maydoniga uztadi. Kutrone havodagi kurashda g‘olib chiqdi. Ammo to‘p to‘singa tegib qaytdi va uning qo‘liga tegib, darvozadan joy oldi.
Gazzetta dello Sport xabariga ko‘ra, tartib-intizom qo‘mitasi esa ushbu holatni o‘rganib chiqadi. Agarda, uning bu harakati tasdiqlansa, Kutrone ikki uchrashuvga diskvalifikatsiya qilinishi mumkin.
Fikrlar