"Milan" qishda o‘z safiga braziliyalik himoyachini qo‘shib olmoqchi

  • 30 oktabr, 2018, 21:52
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Milan" Braziliyaning "San-Paulu" klubi himoyachisi Rodrigo Kayoga jiddiy qiziqish bildira boshladi. Bu haqda Football Italia nashri xabar bermoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra “rossonerilar” 25 yoshli braziliyalik futbolchini qishki transferlar davridayoq sotib olishni rejalashtirishmoqda. “Milan” Kayoni yaqinda jiddiy jarohat olib 3 oyga safdan chiqqan Mattia Kaldarening o‘rniga munosib nomzod sifatida ko‘rmoqda.

Ma’lumot uchun, Kayo joriy mavsum "San-Paulu" safida jami 6ta o‘yinda maydonga tushdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!