
"Milan" rahbariyati Gattuzoga mavsum yakunigacha imkon berdi
"Milan" klubi rahbariyati jamoa bosh murabbiyi Jennaro Gattuzoni iste’foga chiqarmaydi.
Berilgan ma’lumotlarga qaraganda “rossorilar” rahbariyati A Seriyaning o‘tgan turida SPALga (2:1) qarshi bo‘lib o‘tgan bahsidan so‘ng Gattuzo bilan uchrashishgan va ular o‘zaro jamoaning kelajak rejalari haqida suhbatlashishgan. Ushbu yig‘ilishda rahbariyat Jennaroni iste’foga chiqarmaslikka va mavsumning ikkinchi yarmida ham unga imkon berishga qaror qilgan.
Ma’lumot uchun, “Milan” ayni damda 31 ochko bilan musobaqa jadvalida 5-o‘rinni egallab turibdi.
Fikrlar