
"Milan" sardori APL grandlari e’tiboriga tushdi
Italiyaning "Milan" klubi sardori Alessio Romanoli Angliya premer-ligasi grandlarining e’tiboriga tushdi.
Calciomercato tarqatgan xabarga ko‘ra 24 yoshli italiyalik himoyachiga "Chelsi" va "Manchester Yunayted" klublari jiddiy qiziqish bildirishmoqda.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Romanolliga shuningdek "Yuventus" ham kurash olib borishi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Ma’lumot uchun, Romanoli joriy mavsum “rossonerilar” safida jami 27ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 2ta gol yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning milanliklar bilan amaldagi shartnomasi esa 2022 yilga qadar imzolangan. Transfer narxi esa 40 mln evroga baholanmoqda.
Fikrlar