
"Milan" skautlari "Marsel"ning 2 nafar futbolchisini kuzatishmoqda
“Milan” klubi “Marsel”ning 2 nafar futbolchisiga qiziqish bildira boshladi.
Calciomercato nashri tarqatgan xabarga ko‘ra milanlik skautlar kecha Frantsiya chempionatining “Dijon”ga (2:1) qarshi bahsda yarim himoyachi Florian Toven hamda 19 yoshli himoyachi Bubakar Kamaralarning o‘yinlarini kuzatib borishgan.
Ma’lumot uchun, Toven joriy mavsum Frantsiya chempionatida jami 21ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 11ta gol hamda 6ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Kamara esa 19ta o‘yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishdi.
Fikrlar