“Milan” texnik hamkoridan voz kechdi
Italiyaning “Milan” jamoasi muddatidan avval Germaniyaning Adidas kompaniyasi bilan shartnoma bekor qilishini ma’lum qildi.
Tomonlar o‘zaro kelishuvga ko‘ra shunday qarorga kelgan. O‘zaro hamkorlik 2017/18 yilli mavsum oxirida yakuniga etadi.
Adidas 1998 yildan buyon “Milan” bilan hamkorlik qilib kelayotgan edi. 20 yillik hamkorlikdan keyin “rishtalar” uzildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, milanliklar yangi texnik hamkor bilan bitim imzogan, ammo u qaysi kompaniya ekani hozircha sir tutilmoqda. Katta ehtimol bilan bu Germaniyaning boshqa bir kompaniyasi – Puma bo‘lishi aytilmoqda.

Fikrlar