"Milan"ning ikki nafar etakchisi bugun "Jenoa"ga qarshi bahsda ishtirok etmaydi

  • 31 oktabr, 2018, 12:07
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Milan" klubi yarim himoyachisi Jakomo Bonaventura hamon tizzasidan olgan jarohatidan to‘liq forig‘ bo‘lmadi. Ta’kidlash kerakki,  u xuddi shu sabab bilan o‘tgan tur "Sampdoriya"ga (3:2) qarshi bahsni ham o‘tkazib yuborgan edi.

Tecno

Berilgan ma’lumotlarga qaraganda 29 yoshli italiyalik futbolchi bugun bo‘lib o‘tadigan A Seriyaning “Jenoa”ga qarshi qoldirilgan uchrashuvi qaydnomasiga kiritilmadi.

Shuningdek himoyachi Mattia Kaldara ham jarohati sabab bugun “rossonerilar”ga yordam berolmaydi.

Eslatib o‘tamiz, “Milan” – “Jenoa” bahsi bugun Toshkent vaqti bilan soat 00:30da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!