
"Milan"ning sobiq xo‘jayini qaltis mojaroga aralashib qoldi
Italiyaning "Milan" klubi sobiq rahbari Yongxong Li mamlakat hududini tark etish huquqidan mahrum bo‘ldi. Bu haqda Football Italia nashri xabar tarqatmoqda.
Manbaning xabar tarqatishicha, bunga biznesmenning qarz bilan bog‘liq mojarolarga aralashib qolganligi sabab bo‘lgan. Ayni paytda huquq-tartibot organlari vaziyatni o‘rganishmoqda.
Qayd etish lozim, Li 2017 yilning yozida Elliott Management xedj-fondidan olingan qarz evaziga Italiyaning "Milan" klubini Silvio Berluskonidan sotib olgan edi. Biroq u olingan qarzni o‘z vaqtida to‘lay olmagani sabab, klub investitsiya kompaniyasi ixtiyoriga o‘tib ketgandi.
Fikrlar