Millatlar ligasi. Bugun JCh-2018ning chorak finalchilari o‘zaro bahs yuritishadi

  • 11 oktabr, 2018, 12:55
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Avval xabar berganimizdek bugun UEFA Millatlar ligasida navbatdagi tur uchrashuvlari boshlanadi. Jumladan, Rossiya terma jamoasi o‘z maydonida Shvetsiyani qabul qiladi.

Uchrashuviga oid qiziqarli faktlar:

- Rossiya terma jamoasi Shvetsiyaga qarshi o‘z maydonida o‘tkazilgan so‘nggi 2ta o‘yinda g‘alaba qozongan.

- Ruslar so‘nggi bor 1998 yil shvedlarga qarshi o‘yinda gol ura olishmagan. Biroq, shundan so‘ng o‘tkazilgan 4ta o‘yinda ular raqib darvozasiga yo‘l topa olishgan.

- Rossiya terma jamoasi so‘nggi 7ta o‘yindan bor yo‘g‘i 1tasida asosiy bo‘limda mag‘lub bo‘lgan.

- Rossiya ham Shvetsiya ham yozda bo‘lib o‘tgan JCh-2018da chorak finalga qadar etib bora olishgan edi.

Rossiya – Shvetsiya

Stadion: "Kaliningrad" (Kaliningrad)

Boshlanish vaqti: 00:45

Bosh hakam: Luka Banti (Italiya)

Taxminiy tarkiblar:

Rossiya: Gilerme – Fernandes, Djikiya, Noyshtedter, Kudryashov – Gazinskiy, Zobnin – Cheryshev, Golovin, Kuzyaev – Dzyuba.

Shvetsiya: Olsen – Lustig, Lindelef, Yansson, Augustinsson – Durmaz, Ekdal, Larsson, Klasson – Berg, Telin

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!