Milner Neymar o‘rnatgan EChL rekordini takrorladi

  • 25 aprel, 2018, 11:44
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Liverpul” yarim himoyachisi Jeyms Milner kecha “Roma”ga (5:2) qarshi Chempionlar ligasi yarim final javob bahsida bitta golga assistentlik qilishga erishdi.

Tecno

Qayd etish lozimki, bu Milner uchun joriy mavsum ushbu musobaqadagi sakkizinchi golli uzatma bo‘ldi.

E’tiborlisi, 32 yoshli angliyalik futbolchi bu ko‘rsatgich borasida 2016/17 yilgi mavsumda braziliyalik hujumchi Neymar (“Barselona”) o‘rnatgan rekordni takrorladi. Ayni damda PSJ sharafini himoya qilayotgan futbolchi bir mavsumda 8ta golga assistentlik qilib, musobaqa rekordini o‘rnatgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!