Mishel Platini “Oltin to‘p” kimga nasib etishi kerakligini aytdi

  • 31.10.2018 00:14
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

UEFAning sobiq rahbari Mishel Platini bu yilgi “Oltin to‘p” sovrinini “Real”dagi hamyurti Rafael Varan qo‘lga kiritishga haqli ekanligini aytdi.

“Umid qilamanki “Oltin to‘p”ni frantsuz futbolchisi qo‘lga kiritadi. Menga aynan qaysi frantsiyalik futbolchi ushbu mukofotga loyiq ekanligini aytish qiyin emas. Bu Rafael Varan. Chunki, u bu yil Jahon chempionati va Chempionlar ligasida g‘olib chiqqan yagona futbolchi”, - deydi Platini.

Eslatib o‘tamiz, “Oltin to‘p” sovriniga jami 30 nafar futbolchi da’vogarlik qilmoqda. Uning g‘olibi esa 3 dekabr kuni e’lon qilinadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!