Modrich faoliyatini qaerda yakunlamoqchi ekanligini aytdi
Kecha faoliyatida ilk bor “Oltin to‘p”ga sazovor bo‘lgan xorvatiyalik futbolchi Luka Modrich “Real”da qolmoqchi ekanligini aytdi.
“Meni “qirollik klubi” bilan amaldagi shartnomam tugashiga yana ikki yil bor. Umid qilamanki, bu yana bir yilga uzaytiriladi. Bu erda menga juda yaxshi munosabatda bo‘lishadi. Shu bois faoliyatimni aynan “Real”da yakunlashni xohlardim”, - deydi 33 yoshli futbolchi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Modrichning “Inter”ga o‘tishi borasida turli xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar