Moskvadagi UFC turnirida ishtirok etuvchi jangchilar nomi ma’lum qilindi

Rossiyalik aralash yakkakurashlar jangchisi Petr Yan Moskvada bo‘lib o‘tadigan UFC turnirida Chjin Su Songa qarshi oktagonga ko‘tariladi. Koreyalik jangchi jarohati tufayli ishtirok etolmaydigan Duglas Silva de Andradening o‘rniga turnirda ishtirok etadi.

Chjin Su Son UFCdagi faoliyati davomida 11 marta oktagonga ko‘tarilib, 9 marta g‘alaba qozongan va 2 marta imkoniyatni boy bergan.

Petr Yan MMA doirasida 9 g‘alaba 1ta mag‘lubiyatga uchragan. Rossiyalik jangchi yozda UFCda debyut jangini o‘tkazdi va Teruto Ishixaruni mag‘lub etishga muvaffaq bo‘lgan.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!