Mourino bugun MYuga olib kelmoqchi bo‘lgan serbiyalik futbolchining o‘yinini kuzatish uchun Chernogoriyaga boradi

  • 11.10.2018 21:51
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Fiorentina" klubi va Serbiya terma jamoasi himoyachisi Nikola Milenkovich "Manchester Yunayted"ning jiddiy qiziqishlariga sabab bo‘la boshladi.

Telegraf nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 20 yoshli futbolchini shaxsan mankuanliklar ustozi Joze Mourino Chernogoriyaga qarshi bo‘ladigan o‘yinda stadiondan turib kuzatib boradi. Portugaliyalik mutaxassis shuningdek ushbu o‘yinda MYuning qiziqishlar doirasidagi boshqa bir serbiyalik futbolchi - Sergey Milinkovich-Savichni ham o‘yinini kuzatadi.

Ma’lumot uchun, Chernogoriya – Serbiya uchrashuvi bugun 23:45da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!