Muay tay ustasi Mansur Tolipov Malayziyada jang qiladi
Joriy yilning 21 sentyabr kuni Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida “AXIATA” arenasida professional muay tay bo‘yicha “Asia Fighting Championship” musobaqasi bo‘lib o‘tadi.
Mazkur jang kechasida jami 11 ta professional to‘qnashuv o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Shulardan birida hamyurtimiz Mansur Tolipov ham ishtirok etadi. 75 kg vazn toifasida bo‘lib o‘tadigan qarama-qarshilikda hamyurtimiz xitoylik Lui Tianjun bilan kuch sinashadi.



Fikrlar