Muay taychilarimiz JChda muddatidan oldin umumjamoa hisobida 1-o‘rinni qo‘lga kiritishdi
Tailandning Bangkok shahrida muay tay bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda. Unda 28 nafar sportchimiz yurtimiz sharafini himoya qilmoqda. Musobaqada jami 42 davlatdan ishtirokchilar g‘oliblik uchun ringga ko‘tarilishmoqda.
Vakillarimiz orasidan 8 nafari shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarilgan bo‘lsa, 9 nafari kumush va 5 nafari bronza medallariga ega chiqishdi. Musobaqa yakunlanishiga bir kun qolgan bo‘lsada, sportchilarimiz eng yaxshi natija ko‘rsatib, muddatidan oldin umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritishdi.
Chempionatga rasman 18 mart kuni yakun yasaladi. Batafsil ma’lumot bilan keyinroq tanishtiramiz.
> 10 yoshli sportchimiz Tailandda raqiblarining dodini bermoqda

Fikrlar