Muay taychilarimiz jahon chempionatida umumjamoa hisobida 1-o‘rinni qo‘lga kiritishdi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Tailandning Bangkok shahrida tashkil etilgan muay tay bo‘yicha 15-jahon chempionatida o‘zbekistonlik sportchilar umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritishdi.

Yoshlar o‘rtasidagi bellashuvlarda Shahruz Jo‘raev (41 kg), Sarvarbek Shermuhammedov (45 kg), Bahodir Asqarjonov (46 kg), Bahromjon Tojiev (32 kg), Kamron Husanov (28 kg) birinchi o‘rinni qo‘lga kiritishgan bo‘lsa, Abdurashid Baxtiyorov (26 kg) kumush va Mavlonbek Jovliev (57 kg) bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

O‘smirlar o‘rtasida  Temur Jabborov (75 kg), Shahriyor Jo‘raev (60kg) oltin, Dilshodbek Xolmirzaev (48 kg), Boburbek (51kg) Hakimov kumush va Qobiljon Hojiev (57 kg), Abdulhay Karimov (51 kg), Parvizjon Asrorov (67 kg), Sardor Jo‘raev bronza medali bilan taqdirlanishdi. Qizlardan esa Madinabonu Qodirova (51 kg) ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Kattalar bellashuvlarida Mironshoh Ubaydullaev (54 kg) oltin, Shahboz Muysinov (57 kg) kumush hamda Jahongir Inomjonov (60 kg) bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!