
Muhim pallada Xorvatiya terma jamoasi safida jiddiy yo‘qotish bo‘ldi
“Liverpul” klubi hamda Xorvatiya terma jamoasi yarim himoyachisi Deyan Lovren joriy hafta JCh-2018 saralashi doirasida bo‘lib o‘tadigan muhim o‘yinlarda terma jamoasiga yordam bera olmaydi. Bu haqda mamlakat futbol federatsiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Berilgan ma’lumotlarga qaraganda futbolchi belida og‘riq his qilmoqda. Shu bois Lovrenning Finlyandiyaga qarshi uchrashuvida ishtirok etmasligi aniq. Biroq, uning 9 oktyabr kuni Ukrainaga qarshi hal qiluvchi bahsda ham o‘ynashi so‘roq ostida qolmoqda.
Fikrlar