
Mundialda kuzatishimiz kerak bo‘lgan besh portugal futbolchisi
Rossiyada bo‘lib o‘tadigan navbatdagi Jahon Chempionati boshlanishiga ham sanoqli kunlar qoldi. Milliy terma jamoalar katta futbol bayramiga o‘zlarining eng iste’dodli futbolchilarini etaklab borishi aniq.
Portugaliyaning shunday besh nafar futbolchisi borki, Mundialda ularning o‘yinini kuzatish maroqli bo‘lishi mumkin.
Portugaliya Evropa chempioni sifatida uchinchi bo‘lib dunyoning eng yaxshi termasi maqomini munosib himoya qilishga jiddiy tayyorgarlik ko‘rmoqda.
G‘arbiy Germaniya (1974) va Ispaniya (2010) birinchi yirik xalqaro turnir g‘olibligini munosib himoya qilganlar ro‘yxatida bormoqda. O‘z safida amaldagi “Oltin to‘p” sohibiga ega portugallar Rossiyada o‘z omadlarini sinab ko‘rishadi.
Fernando Santosning 23 kishilik tarkibidan bir nechta Evropa chempionlari o‘rin olgan. Kuarejma esa birinchi Mundialiga bormoqda. Bernardo Silva va Andre Silvalar Ronaldudan keyingi davrga munosib avlod bo‘la oladi. Ammo yana shunday yosh iqtidor egalari borki, ularni hali ko‘pchilik tanimasada, yaqin kelajakda Portugaliyani etaklab yurishi aniqqa o‘xshamoqda. Quyida shunday iqtidor egalari bilan tanishishingiz mumkin.
Ruben Dias – klubi: “Benfika”
Yoshi: 21, MTJ dagi o‘yinlari soni: 0
Fernando Santosning yakuniy ro‘yxatidan MTJ safida birorta o‘yin o‘tkazmagan yagona futbolchi aynan Dias hisoblanadi.
“Benfika” akademiyasi tarbiyalanuvchisi mavsumni ko‘tarinki o‘tkazganidan keyingina Santosdan chaqiruv qog‘ozini oldi. U mavsum davomida 24 ta xavfli vaziyatlarni yaratib berdi, shundan 19 tasi gol bilan yakunlandi, o‘zi esa uch golga mualliflik qildi.
Dias Portugaliya o‘smirlar termasida 63 marta maydonga tushgan va 2017-yilgi Jahon Chempionatida (U20) da terma sardori bo‘lgan edi. Albatta, hech kim Rossiyadagi Mundialda u asosiy tarkib o‘yinchisi bo‘lishini bashorat qilmayapti. Uning davri hali keladi. Biroq unga berilgan kichik imkoniyat ham ijobiy yakunlanishi mumkin.
Rikardu Pereyra, klubi: “Lester”
Yoshi: 24, MTJ dagi o‘yinlari soni: 3
Navbatdagi futbolchi Premer Ligaga endi ko‘chib o‘tadigan Pereyra bo‘ladi. U mahalliy “Portu”ga qo‘shilguniga qadar “Vitoriya Gimaraesh” safida o‘ynagan. U shuningdek, ikki yil “Nitstsa”da ijarada to‘p surgan. Kelasi mavsumdan boshlab “Lester” tarkibida Angliyani zabt etishga kirishadi.
Ko‘pqirrali futbolchi maydonda himoya markazida o‘ynash bilan birga, chap qanot himoyasini ham ishonchli qo‘riqlay oladi.
Bruno Fernandes, klubi: “Sporting”
Yoshi: 23, MTJ dagi o‘yinlari soni: 4
Fernandesh mavsumni bir qator ko‘ngilsizliklar bilan yakunladi. 23 yoshli futbolchi va uning bir nechta jamoadoshlari va murabbiylari mashg‘ulot maydonchasiga niqobda bostirib kirgan 50 kishining hujumiga duchor bo‘ldi.
Hujumkor yarim himoyachi pozitsiyasida o‘ynaydigan Fernandesh 56 o‘yinda 16 gol urishga muvaffaq bo‘ldi va 20 golga mualliflik qildi.
O‘ng oyoqda kuchli zarba beradigan “Sporting” vakili ichki chempionatdagi 5 besh golini jarima maydonchasi tashqarisidan kiritdi.
Jelson Martins, klubi: “Sporting”
Yoshi: 23, MTJ dagi o‘yinlari soni: 17
2016-yil sentyabrida xalqaro arenalarda o‘z debyutini o‘tkazgan asli Kabo-Verdelik vinger o‘z qobiliyatini to‘liq namoyon qilmoqda.
Martins Jahon Chempionatiga o‘zining sermahsul mavsumini o‘tkazib yo‘l olmoqda. U 46 o‘yinda 13 golni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi. Gol urishdan tashqari, u yaratuvchanlikni ham taqdim qilmoqda. U kelasi oyda Sochida Ispaniyaga qarshi o‘yinni asosiy tarkibda boshlashi kutilmoqda.
Gonsalu Gedesh, klubi: “PSJ”
Yoshi: 21, MTJ dagi o‘yinlari soni: 7
Mavsumni ijara asosida “Valensiya”da o‘tkazgan yangi yulduzning kelajagi borasida turli mish-mishlar tinmayapti.
Benaventelik vingerning “PSJ” bilan amaldagi shartnomasi 2021-yilgacha amal qiladi. Biroq portugaliyalik futbolchi 1 Liga “xo‘jayini” tarkibida o‘zini yaxshi his qilmayapti.
Agarda u parijliklar safini tark etadigan bo‘lsa, unga qiziqish bildiradiganlarning chegarasi yo‘q. Boisi Gedesh zamonaviy futbolchiga kerak bo‘ladigan barcha qobiliyatlar bor. Boz ustiga, u o‘ynagani sari tajribasi yanada ortib bormoqda.
Fikrlar